Uy-ro’zg’or buyumlaridan uzoq vaqt foydalanish uchun shunga yarasha e’tibor ham zarur. Chunki har bir buyumning yaxshi xizmat qilishi uy bekasiga bog’liq.
Quyidagi maslahatlar sizga bunda yordam beradi deb o’ylaymiz.

  1. Tilla buyumlar saqlanadigan qutichaga bir bo’lak solib qo’yilgan bo’r ularni qorayib qolishidan asraydi.

2. Stol yoki silliq joyga mum tushsa, darhol uni qirib tashlashga oshiqmaslik darkor. Issiq fenni o’sha joyga tutib, mumni eritib, so’ngra latta bilan artib olgan ma’qul.

3. Momiq sochiqni yuvib-chayib bo’lgach, bir oz tuz qo’shilgan suvga solib qo’ying. 
So’ng yaxshilab siqib olib yoysangiz, u paxmayib, yumshoq bo’ladi.
Qo’l sig’maydigan chinni va shisha idishlarni tozalashda ularning ichiga qaynoq suv quyib, g’ijimlangan qog’oz solib, yaxshilab chayish lozim. Shunda bari top-toza bo’ladi.

4. Sirli idishda ovqat pishirayotganda u tagiga olsa, idishni iste’mol sodasi solingan suv bilan qaynatish mumkin. Iste’mol sodasining o’rniga 2-3 dona mayda piyoz ham ishlatsa bo’ladi.

5. Аgar gilam rangi yorqinroq bo’lishini istasangiz, kechqurun ustiga mayda tuz sepib, ertasiga uni yumshoq nam mato bilan artish lozim.

6. Chumolilar shakar, asal yoki murabbo solingan bankaga xujum qilmasin desangiz, idish chetiga kungaboqar yog’ini surtib qo’ying.