Hayotingizni judayam oddiy, bir hilda o’tmoqda deb o’ylaysizmi? Qilayotgan ishlaringiz oldingidek zavq bermayaptimi? Hayotingizni yanaham rangli holatga aylantirishni hohlaysizmi? U xolda sizni shunday yonimizga olsak, birgalikda zerikarli kunlaringizni bir oz bo’lsaham quvnoq holga keltiraylik.

Do’stlar va ijtimoiy tarmoq

Avvalo o’yin kulgining eng birinchi navbatida keladigan do’stlar va ijtimoiy tarmoq bilan boshlashimiz mumkun. Agar zerikayotgan bo’lsangiz eng yaxshi yechim do’stlaringizni chaqirishingiz va zavq beruvchi pilanlar qilishingiz kerak. Eng yaqin do’stlar bilan qilingan pilanlar zerikishni ketkazish uchun eng kafolatli yechim bo’ladi. Havo holati imkon bersa agar, tashqariga chiqing, ko’l yoki daryo bo’ylarida yurishlik, o’tirishlik maroqli bo’lishi mumkun. Faqat bir dona do’stingiz bilan emas ko’pchilik bilan o’tirishlik hohlayman desangiz, turli klublarga azo bo’lishishingiz mumkun. Misol uchun raks to’garaklari, arab raksi va gimnastik klublarga azo bo’ling.

Taom tayyorlang

Ha, balki quloqqa judayam ajoyib fikir dek kelmayotgan bo’lishi mumkun. Faqat ko’p mutahasislarning fikriga qaraganda oshxonada vaqit o’tkazish zerikishga va aqlingizni to’ldirgan muammolarga yaxshi keladigan foydali terepiyalardandir. Bu safar oshxonaga oldin hech sinab ko’rmagan retseplarni sinash uchun kiring. Bu retseptlar tortlar yoki shirinliklar bo’lishi mumkun, salatlar va ichimliklar tayorlab uni bezatishingiz mumkun. Retseptlarini internetdan osonlik bilan topishingiz mumkun bo’lgan rango-rang muzli kokteyllar tayorlang. Bularni tayorlashda maroqli vaqt o’tkazishingizdan shubhamiz yo’q.

Sayohatlarga chiqing

Yashayotgan muhitingizdan zerikgan vaqtingizda qisqa vaqtga bo’lsaham u yerdan uzoqlashing va sizga yanahm huzur berishini o’ylayotgan yerga boring va yoki uzoq vaqtdan beri ketishni pilanlagan joylarga boring. Oldin hech ko’rmagan joylarga boring. 

Kiyim javoningizdagi liboslaringizni tuzating

Kiyimlarni bir-biriga moslash (kombinlash) biror yerga ketayotganda eng ko’p g’am qiladigan ishlardan biri. Qanchalar erta tayorlanishni boshlasak boshlaylik ammo navbat kiyimlarga kelganda ko’p vaqt sariflaymiz. Va bazan hech bir kiyimlarimizni moslashtirolmasdan bir narsalar kiyib chiqishga majbur bo’lamiz. Bu holatga ortiq tushmaslik uchun vaqtingiz bor paytida kiyimlaringiz bilan farqli-farqli kombinatsyonlar qilib bir-biriga moslashingiz mumkun. Tug’ulgan kun, mahsus takliflar, do’stlar bilan uchrashuv va to’y marosimlari kabi holatlar uchun kiyim javoningizda oldindan tayorlab qo’ygan kombinlaringiz bo’lishligi o’zingizga bo’lgan ishonchingizni yanaham mustahkamlaydi.

Tana va soch parvarishi qiling

O’zingizga va teringizga etibor bering. Bo’sh vaqtlaringizda tanangizni va sochingizni parvarishlang. Asosan yakshanba kunlarida uydan chiqmagan vaqtlaringizda bular uchun vaqit ajratsangiz yangi haftani tayyor holarda boshlashingiz mumkun bo’ladi. Uyda tayorlashingiz mumkin bo’lgan turli soch va tana parvarish maskalarini tayorlang yoki tortmangizda kutayotgan kosmetik mahsulotlaringizga yana bir fursat bering.