
Tarvuz tarkibida boshqa mahsulotlarga nisbatan ko’p uchraydigan foliy kislotasi bilan mashhur. Shuningdek, tarvuz kletchatka xamda vitaminlarga boy sanaladi. Bundan tashqari, tarvuz terini namlantirish va mayinlantirish xususiyatiga ega.
Quruq teri uchun.
Bitta tuxum sarig’ini 1 osh qoshiq yangi tayyorlangan tarvuz sharbati bilan yaxshilab aralashtiring va 20 daqiqaga yuzingizga surtib qo’ying.
Yarim stakan tarvuz sharbatini shuncha miqdordagi sut bilan aralashtiring. So’ngra toza dokani olib tayyor aralashmaga namlantiring va 15-20 daqiqaga yuzingizga qo’ying. Har zamonda dokani aralashmaga botirib namlantirib turing.
Yog’li teri uchun.
Yaxshilab ko’pirtirilgan bitta tuxum oqini bir osh qoshiq tarvuz sharbati va bir osh qoshiq yog’siz smetana bilan aralashtirib, bir xil massa holatiga keltiring. Tayyor niqobni 20 daqiqaga yuzingizga surtib qo’ying. Bu niqobni smetanasiz ham tayyorlash mumkin.
Normal teri uchun.
2 choy qoshiq tarvuz mag’zini, 1 choy qoshiq asal va 1 choy qoshiq smetana bilan aralashtiring. Tayyor niqobni yuzga surtib, 15 daqiqadan so’ng yuvib tashlang.
Аjinga qarshi.
Qirg’ichdan o’tkazilgan tarvuzni 15-20 daqidaga yuzga surtib, keyin yuvib tashlang. Bu niqob ajoyib yoshartirish xususiyatiga ega.
2 osh qoshiq mayda to’g’ralgan tarvuzning pustlog’i ustidan 1 stakan qaynoq suv quyib, 30 daqiqa dam bering. Аgar bu damlama 1 oy davomida kuniga 3 mahal choy o’rnida ichilsa, teri taranglashadi va ajinlar yo’qoladi.
Oqartiruvchi losьon.
Аgar yuzingizga tushgan har xil dog’lardan qutulib, yuz teringizni oqartirishni istasangiz, tarvuz va bodring sharbatini teng miqdorda aralashtirib, tayyor losьon bilan har kuni ertalab va kechqurun yuzingizni arting.
Yodingizda bo’lsin, ushbu niqoblar uchun imkon qadar ximiyaviy moddalar bilan to’yintirilmagan tarvuz tanlash lozim.