Yuz terisining salqib, oqarib qolishi asosan avitaminoz – ya’ni organizmga vitaminlar yetishmasligi natijasida yuz beradi. Bu asosan qish va bahor fasllariga to’g’ri keladi. Аgar yuzingiz rangi tiniq, shaftoli guli singari mayin bo’lishini istasangiz, vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qiling. Bu mahsulotlar organizmda qon almashinish jarayonini yaxshilab, yuz rangiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Demak, kundalik taomnomangizda sabzavotlardan tayyorlangan salatlar bo’lishi lozim. Pishiqchilik davrida esa ko’proq mevalar iste’mol qiling. Har kuni yangi tayyorlangan sharbat iching. Аgar bu sabzi yoki olma sharbati bo’lsa yanada yaxshi.

Bundan tashqari, yuz terisini yengil uqalash ham mumkin. Barmoqlaringiz yordamida yuzlaringizni yengil harakatlar bilan uqalang. Bu nafaqat yuzingizda qon yurishini yaxshilaydi, balki teri rangiga ijobiy ta’sir o’tkazib, muddatidan oldin ajin tushishining ham oldini oladi.

Sog’ligingizga bee’tibor bo’lmang. Jigar va oshqozon-ichak kasalliklaridan ehtiyot bo’ling, chunki aynan shu kasalliklar eng avvalo yuz terisida namoyon bo’ladi. Buning uchun vaqtida to’g’ri ovqatlanishning o’zi yetarlidir. Bordi-yu, organizmda bunday muammolar paydo bo’lsa, avvalo ulardan xalos bo’ling. Chunki, bunday vaqtda xech qanday niqob yoki krem kor qilmaydi. Hatto qimmatbaho pardoz vositalaridan foydalansangiz ham.

Pardoz vositalarini to’g’ri tanlang va qoida bo’yicha ishlating. Yuz teringizga mos kelmaydigan vositalarni ishlatmang, bu salbiy ta’sir ko’rsatib, yuzingiz terisida yangi muammolarni keltirib chiqaradi.

Kundalik yuz parvarishini esdan chiqarmay, muntazam shug’ullansangiz, go’zallik sizni tark emaydi.