Chaqaloqlar nima uchun yegʻlashadi?
11.10.2019 1 789 0 Ummu Aisha

Chaqaloqlar nima uchun yegʻlashadi?

Ona va bola

В закладки
Chaqaloqlar nima uchun yegʻlashadi?

Farzand tugʻilgach ayol onalik baxtini his etadi Farzandi uchun hamma narsaga tayyor boʻladi. Kulsa kulib, yegʻlasa birga yegʻlaydi. Gohida esa qoʻlidagi chaqalogʻi nega yegʻlatotganini tushunmay hunob boʻladi. Ayniqsa yosh onalar. Yillar oʻtib keyingi farzandalarini dunyoga keltirgach tajribalari oshib chaqaloqning yigʻisiga qarab uni nimadan bezovta boʻlayotganini bilib oladi. Chaqaloqlar bekorga yegʻlashmaydi. Qorni toʻq, tagi quruq, hech qayeri ogʻrimayotgan chaqaloq aslo yegʻlamaydi.

Chaqaloqlar turli sabablarga koʻra turli hil yegʻlashadi. Ularni yegʻlashini farqlash va bartaraf etishda sizga yotdam beramiz.
Qorin ogʻrigʻi: Bu chaqaloqlarda eng koʻp yigʻiga sabab boʻladigan holat. Chaqaloqlar tugʻulaganida ularning oshqozon ichak tizimi hali yaxshi rivojlanmagani uchun qorinda gazlar toʻplanishi va ularni chiqarib yuborolmagani sabab qorinda qattiq ogʻriq turadi
Asosan kechki payt, oyoqchalarini tipirchilatib qattiq yegʻlashadi. Gohida bir ikki gaz chiqarib biroz vaqt tinchlanib qolishlari mumkin
Yordam: chaqaloqlar qorin ogʻrigʻida yordam beruvchi dorilarni pediatr tavsiyasiga koʻra ichirish mumkin. Lekin dori vositalari tez taʼsir koʻrsatmaydi. Dori yaxshi samara berish uchun uni muntazam ichirib turish kerak boʻladi. Ogʻriq kuchli boʻlgan vaqtda esa bola qorniga issiqroq mato qoʻyish, qornini oʻng tarafini qattiq bosmasdan soat strelkasi yoʻnalishida silash, oyoqchalarini bukib yozib velosipe mashqini qildirish kerak. Yana dorixonalarda sotiladigan gaz chiqaruvchi naycha yordamida gazni chiqarib yuborsa ham boʻladi.
 Ochlik hissi. Ona suti kamligi yoki toyimlilik darajasi pastligi sabab  chaqaloqlar tez ochiqadi va yegʻlaydilar. Ona esa yaqinda emizgan edimku deb hayron boʻladilar.
Yigʻi asta sekinlik bilan boshlanib keyin kuchayadi. Boshchasini u yoq bu yoqa burib koʻkrakni qidiradi. Ona qoʻliga olsa ogʻzini ochib tamshanadi.
Yordam: Soatga qarab emas bola hohlaganda va  hohlaganicha emizish kerak. Emish vaqtini chegaralamang
 Koʻkrakni bolaga toʻgʻri tuting. Notoʻgʻri tutilgan koʻkrakdan bola yaxshi ema olmaydi. Vazn ortiishiga ahamiyat bering. Yangi tugʻilgan chaqaloq bir haftada eng kamida 125g vazn yigʻishi kerak.
 
Kasal boʻlsa, qulogʻi yoki boshi ogʻrisa.
Bunday vaqtda chaqaloqlar qattiq, nolali va davomli boʻladi. Hech nimaga koʻnmaydi. Agar qulogʻi ogʻriyotgan boʻlsa bir ikki emib, yutinyoygan payt yegʻlaydi. Bunday yigʻi ovqatlantirish bilan bogʻliq boʻlmagan holda kechalari ham takrorlanishi mumkin. Agar quloq ustiga ohista bosangiz chinqirib yegʻlab yuboradi. 
Yordam. Bu vaziyatlarda darhol shifokorga olib borish kerak

Isib ketsa yoki sovuq qotsa. Hona harorati meyorida tuyulgani bilan chaqaloqlar isib yoki sovuq qotib ketishlari mumkin. Chunki ularning tanasi hali haroratni bir maromda ushlab turishga oʻrganmagan Agar chaqaloqlar isib ketsa yuzlari va terisi qizaradi. Bezovta boʻlib, oyoq, qoʼllarini tipirchilatib yegʻlaydi. Agar sovuq qotsa burni va oyoq uchlari muzlaydi. Yigʻisi toʻsatdan oʻtkir chinqiriq bilan boshlanib, keyin asta sekin ingrab, hiqichoq aralash yegʻlashni davom ettiradi. Bu
Isib ketgan bolani kiyimchalarini yengilating. Xonani shamollating. Aslo bolani yelvizakka (skvoznyak) tutmang. Yelvizakda bola tez shamollab qolishi mumkin. Sovuq qotgan bolaninissiqroq kiyintiring. Bagʻringizga bosib emizing. Sizni mehringiz kichkintoyingizni isitadi

Bola qattiq yoʻrkaklangan, yoki qattiq qilib beshlikka belangan boʻlsa ham, yoki boʻlmasa egnidagi kiyimlarining qaysifir qismi badaniga botayotgan boʻlsa ham yegʻlaydi.
Bunday yigʻi sekin ingrab ovoz chiqarishdan boshlanib, sekin asta norozilik bildirgan chinqiriqqa aylanadi va yana ingrashga oʻtishi mumkin. Bolaoyoq qollari bezovtalanib  toʻhtovsiz harakat qiladi. Gavda holatini oʻzgartirishga intiladi.
Bunday paytga bolani beshik yoki yoʻrgakdan yechib qoʻlga olib, kiyimchalarini ochib koʻrish, badni va oyoq-qoʻllarini ohista silash kerak.
loading...
Комментарии (0)
Добавить комментарий
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Bolangiz uyqusi yaxshi emasmi?
Bolangiz uyqusi yaxshi emasmi?
Bolangiz uyqusi yaxshi emasmi?
11.10.19 Ona va bola
Bolangiz koʻp bezovtalanib  yegʻlaydimi? Uyqusi yaxshi emasmi? 6 oydan oshdi lekin hali dumalab, emaklashga harakat qilmaydimi? Balki unga D vitamini yetishmayotgandir?
Chaqaloqlarda ich qotishi, Qabziyat
Ich qotishi (qabziyat) chaqaloq hayotining ilk oylarida ko‘p uchraydi. Ba’zan go‘dakning ikki-uch kunlab ichi kelmasligi mumkin. Qabziyatda bolaning ichi qattiq va quruq
Homila nobud bo'lishi havfi bor!
Homila nobud bo'lishi havfi bor!
Homila nobud bo'lishi havfi bor!
01.05.19 Homiladorlik
Homila tushish havfi va Sabablari. Homilador boʻlgan boʻlgʻusi onalar faqat bir narsani farzandini sogʻ salomat bagʻriga bosib olishni noyat qiladilar.  Lekin afsus,
Emizayotgan onalar yeyishligi kerak bo’lgan yeguliklar
Emizayotgan onalar yeyishligi kerak bo’lgan yeguliklar
Emizayotgan onalar yeyishligi kerak bo’lgan yeguliklar
07.12.18 Ona va bola / Homiladorlik / Bola Oziqlanishi
Chaqaloqlar uchun ona suti birinchi 6 oy asosiy ozuqa moddalarini hammasini oz ichiga olib bolaga yetkazib beradi. Hali beri ona bo’lishligidan oldin homiladorlarda sut
Homiladorlik toksikozlari
Homiladorlik toksikozlari
Homiladorlik toksikozlari
26.11.18 Homiladorlik
Homiladorlik toksikozlari — homiladorlik davrida uchraydigan kasallik holati; nerv, yurak-tomir, endokrin sistemalar va moddalar almashinuvining oʻzgarishi tufayli kelib
Homiladorlik davrida jinsiy aloqa qilish mumkunmi? Yoki Mumkun bo’lsaham qanday holatlarda?
Ba'zi er-xotinlar homiladorlik davrida homilaga ziyon yetkazib qo'yishdan qo'rqib jinsiy aloqadan umuman voz kechadilar. Aslida, agar homiladorlik vaqtida shifokorni
loading...
лучший сайт где можно скачать шаблоны для dle 12.0 бесплатно