Bolangiz uyqusi yaxshi emasmi?
11.10.2019 1 379 0 Ummu Aisha

Bolangiz uyqusi yaxshi emasmi?

Ona va bola

В закладки
Bolangiz koʻp bezovtalanib  yegʻlaydimi? Uyqusi yaxshi emasmi? 6 oydan oshdi lekin hali dumalab, emaklashga harakat qilmaydimi? Balki unga D vitamini yetishmayotgandir?
 

Har bir oʻsayotgan organizm uchun vitamin D zarur vitaminlardan biri hisoblanadi. 
D vitamini organizmda kaltsiy va fosforni soʻrilishiga hizmat qiladi. Agar organizmda D vitamini yetishmasa bolada suyaklar mortlashishiga,  tishlarni kech chiqishi va erta yemirilishiga olib keladi. Agar D vitamini tanqisligi erta aniqlab, uni oldi olinmasa bolada rahit kasalligi yuzaga kelishi mumkin. 
Bolada D vitamini yetishmayotganini qanday aniqlsh mumkin?
Yuqorida aytilgandek bola koʻp bezovta boʻladi.
Yegʻloqi boʻlib qoladi.
Uyqusi buzuladi.
Yoshiga nisbatan harakatlari (masalan: dumalash, emaklash, oʻtirish) kechikadi.
Koʻp terlashi. Ayniqsa emayotganda va uhlagandabosh qismini terlashi. Shu darajaga yetadiki hatto yostiqlari hoʻl boʻlib ketishi mumkin.
Orqa sochlari toʻkiladi. Bizda bu holni buvilarimiz <hasp tushibdi> deyishadi.
Ensa qismi yapaloqlashishni boshlaydi. Koʻpchilik buni beshikda koʻp yotgandan deb  oʻylaydi.
Boladan achqimtir hid keladi.
Muskullar boʻshashi
Bukarning bari bolada  D vitamini yetishmasligi va rahitning  boshlanishi hisoblanadi.
Bundan tashqari D vitamini yetishmasligi bolada autoimmun kasalliklari, imunitetni tushib ketishi, infeksiyon kasalliklarga moyil boʻlib qolishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. 

 Nima qilish kerak?

Tabiiy yoʻl bilan organizmning D vitaminga boʻlgan ehtiyojini qondirish mumkinmi?
.
Albatta kasallikni davolagandan koʻra uni oldini olgan yaxshiroqdir.
Eng yaxshi D vitamini manbayi bu quyosh. Quyoshning ultrabinafsha nurlari terida D vitamini ishlab chiqaradi va yosh organizmni  toʻla taʼminlay oladi.
  Bola bilan koʻproq ochiq havoda sayr qilish kerak. Soat 11-13 gacha boʻlgan vaqt oraligʻidagi quyosh nurlari bola organizmi uchun juda foydalidir. Har qanday quyoshdan himoyalovchi kremlar va soyobonlarsiz bir kunda 30 minutlik quyosh nurlari ostida boʻlishlik bola uchun 1 kunlik D vitamini normasini bera oladi. Bunda bolaning ochiq turgan qoʻlchalari, yuzi, oyoqchalariga quyosh nurlari toʻgʻri tushishiga eʼtibor berish kerak.
Shuni inobatga olish kerakki: ifloslangan havo,  bulutli kun va nisbatan qora terili bolalarda D vitamini kamroq soʻriladi. Yana  bolani 4 kg vaznda ortiq tugʻulishi, birinchi 3 oylikda bola vaznini keskin ortishi D vitaminiga boʻlgan talabni  oshishiga olib keladi. 
Oziq ovqat mahsulotlarida D vitamini baliq va baliq mahsulotlarida boy boʻladi.
Baliq mahsulotlari bolaga 1 yoshdan keyin tavsiya etiladi. Ona suti va bolalar ozuqalarida esa D vitamini juda kam miqdorda boʻladi. Shuning uchun pediatr va nevropatologlar sogʻlom va vaqtida tugʻulgan chaqaloqlarga 15-20 kundan boshlab D vitamini berushni boshlashni buyuradilar. Oʻlkamiz quyoshli boʻlgani uchun yoz oylarida bolaning ahvolidan kelib chiqib D vitamini berish toʻxtatiladi. 
‼️Albatta bu paytda bolani sayrga olib chiqishga eʼtibor qaratiladi. 
Bola 3 yosh boʻlgunga qadar D vitamini berish tavsiya etiladi.
loading...
Комментарии (0)
Добавить комментарий
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Bolalarda tish chishi davri
Bolalarda tish chishi davri
Bolalarda tish chishi davri
04.08.19 Ona va bola
Bolada tish chiqishi asosan 6 oydan boshlanib, 2.5-3 yoshiga qadar ma'lum bir tartibda barchasi chiqib bo'ladi.  ️Lekin bu muddat va tartib bolaning ovqatlanishi,
Chaqaloqlarda ich qotishi, Qabziyat
Ich qotishi (qabziyat) chaqaloq hayotining ilk oylarida ko‘p uchraydi. Ba’zan go‘dakning ikki-uch kunlab ichi kelmasligi mumkin. Qabziyatda bolaning ichi qattiq va quruq
Homila nobud bo'lishi havfi bor!
Homila nobud bo'lishi havfi bor!
Homila nobud bo'lishi havfi bor!
01.05.19 Homiladorlik
Homila tushish havfi va Sabablari. Homilador boʻlgan boʻlgʻusi onalar faqat bir narsani farzandini sogʻ salomat bagʻriga bosib olishni noyat qiladilar.  Lekin afsus,
Tana go'zalligi sababi boladigan mahsulotlar
Agarda siz sog'lom yuz ko'rinishiga, chiroyli tirnoqlar hamda uzun, yaltiroq sochlarga ega bo'lishni istasangiz, turli dori va kosmetikaga hojat yo'q. Har bir xonadonda
Homiladorlik haqida
Homiladorlik haqida
Homiladorlik haqida
03.09.18 Homiladorlik
Homiladorlik, ogʻir oyoqlik — urugʻlangan tuxumhujayraning ona organizmida rivojlanib, yetuk homilaga aylanishidan iborat fiziologik jarayon. Ayol tuxumdonida yetilib
Homiladorlik toksikozlari
Homiladorlik toksikozlari
Homiladorlik toksikozlari
26.11.18 Homiladorlik
Homiladorlik toksikozlari — homiladorlik davrida uchraydigan kasallik holati; nerv, yurak-tomir, endokrin sistemalar va moddalar almashinuvining oʻzgarishi tufayli kelib
loading...
лучший сайт где можно скачать шаблоны для dle 12.0 бесплатно