Bolarda diatez
18.07.2020 426 0 Ummu Aisha

Bolarda diatez

Ona va bola

В закладки
Chet elda diatez - kasallik deb qabul qilinmaydi. Bizda esa deyarli har uchinchi bolaga shunday tashxis qo'yiladi. Nega unday?

Aslida DIATEZ (grekcha "moyillik" so'zidan olingan) bu kasallik emas, balki bolaning ayrim kasalliklarga bo'lgan moyilligini ko'rsatuvchi belgidir.
Diatezning bir necha shakllari mavjud:
Allergik diatez - bolaning allergik kasalliklarga moyilligini ko'rsatadi;
Limfatik - gipoplastik diatez - infeksion va allergik kasalliklarga moyilligini va limfotugunchalarda patalogiya mavjudligini ko'rsatadi;
Asab-artrit diatezi - semirishga, diabetga ateroskleroz va gipertoniyaga moyillikni ko'rsatadi.
Ya'ni, diatez holati bola organizmi faoliyati normal emasligini ko'rsatib berib, bu bolada ayrim kasalliklarga moyillik bor ekanligini belgilaydi.

Masalan, emizuvchi ona apelsin yeganidan so'ng bola yuzi qizarib ketdi. Bolaga diatez tashxisi qo'yiladi. Aslida esa diatez holati bolada allergik dermatit kasalligi mavjud ekanligini ko'rsatadi. Uni davolash usullari mavjud. Diatez tashxisi qo'yilganda esa, vrachlar davolash usulini topa olmay turli xil yondashuvlar izlaydilar, chunki bu kasallik emas, bu boshqa bir kasallikka moyillikni ko'rsatuvchi belgi.

Bolada diatez holatini keltirib chiqaruvchi sabablar:
- Bolani chaqaloqligidanoq chiniqtirmaslik (judayam issiq kiyintirib, terlatib olib yurish);
- Bola 6 oylik bo'lmasidan oldin banan, sok va boshqa qo'shimcha ovqatdan yalatib yedirish;
- Bola kiyimlarini kuchli kimyoviy vositalar bilan yuvish;
- Zararli plastmassadan qilingan o'yinchoqlarni bolaga berish;
- Bola oddiy virusli shamollaganda ham antibiotik berish;
- Bolani terini parvarish etishda, kimyoviy yog', pudra va boshqa shu kabi vositalardan ko'p foydalanish.

Agar farzandingizda diatez mavjudligini vrach ta'kidlasa, vrachdan aynan qaysi kasallikka moyillik boladagi DIATEZ holati ko'rsatayotganini va aynan o'sha kasallikka doir davoni belgilashini so'rang.
loading...
Комментарии (0)
Добавить комментарий
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Bolangiz uyqusi yaxshi emasmi?
Bolangiz uyqusi yaxshi emasmi?
Bolangiz uyqusi yaxshi emasmi?
11.10.19 Ona va bola
Bolangiz koʻp bezovtalanib  yegʻlaydimi? Uyqusi yaxshi emasmi? 6 oydan oshdi lekin hali dumalab, emaklashga harakat qilmaydimi? Balki unga D vitamini yetishmayotgandir?
Bolalarda tish chishi davri
Bolalarda tish chishi davri
Bolalarda tish chishi davri
04.08.19 Ona va bola
Bolada tish chiqishi asosan 6 oydan boshlanib, 2.5-3 yoshiga qadar ma'lum bir tartibda barchasi chiqib bo'ladi.  ️Lekin bu muddat va tartib bolaning ovqatlanishi,
Chaqaloqlarda ich qotishi, Qabziyat
Ich qotishi (qabziyat) chaqaloq hayotining ilk oylarida ko‘p uchraydi. Ba’zan go‘dakning ikki-uch kunlab ichi kelmasligi mumkin. Qabziyatda bolaning ichi qattiq va quruq
Bolalar tagligi foydalari va zararlari
Bolalar tagligi foydalari va zararlari
Bolalar tagligi foydalari va zararlari
16.06.19 Ona va bola / Foydali maslahatlar
Pamperslar paydo bo'lishi bilan yosh onalar hayoti ancha engillashdi desak xato qilmaymiz. Endi kuniga 10 marta bolaning tagini almashtirib, yuvishning hojati qolmaydi.
Homilador ayolning samalyotda uchushi havsizmi
Homiladorlikning ilk 12 haftasida samolyotda uchish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, uchinchi trisemestrda ham uchish tavsiya qilinmaydi.   1. Аgar homiladorlik
Ko'krak bezi saratoni kasalligi
Ko'krak bezi saratoni kasalligi
Ko'krak bezi saratoni kasalligi
23.09.18 Salomatlik
Ko’krak bezi saratoni (KBS) – ko’p faktorli kasallik bo’lib, uning rivojlanishi tashki muhit va gormonalar ta'siri natijasida ko’krak bezi hujayralaridagi genom
loading...
лучший сайт где можно скачать шаблоны для dle 12.0 бесплатно