Bolani urib jazolash to’g’rimi?
18.07.2020 479 0 Ummu Aisha

Bolani urib jazolash to’g’rimi?

Ona va bola

В закладки

Bolani urib jazolash to’g’rimi???

Hech qachon jismoniy jazo bolani to‘g‘ri yo‘lga sola olmaydi. Chunki bola bu jazoga qanday qarashini biz ota-onalar bilmaymiz. 
Bola yomon ish qilib qo‘ygani uchun uni jazolashyapti, esida qolishi uchun uni urishmoqdaligini tushunmaydi. 
U uni himoya qiladigan, sevadigan va u ishongan inson-ona unga og‘riq keltirayotganini his eta oladi, xolos.

Chunki bola uchun eng qadrli inson – onasi unga og‘riq keltirib, buni har xil gaplar bilan tag‘in oqlab turayotgan bo‘lsa, u holda boshqalardan nima kutsa bo‘ladi, boshqalarga nimani ravo ko‘rsa bo‘ladi?
Axir dunyodagi vahshiyliklar ham doimo har xil oqlovlar bilan amalga oshirilmaydimi? 

Qizimga har doim bir nimadan qo‘rqsa, «Qo‘rqmagin, men seni himoya qilaman», deyman. Bir kuni uni bir qilig‘i deb urishib turayotganimda, «Siz aldoqchisiz, qanday qilib himoya qiladigan odam, shunday urishishi mumkin», deb aytgan. Haqiqatdan bolalar ba’zida bizdan ham aqlli bo‘ladilar. Ular vaziyatga umuman boshqa nazar bilan qaray oladilar. Ota-onalar hech bo‘lmasa psixologlar, olimlar va statistikaga ishonishlari lozim.

Bolani urib jazolab uni to‘g‘ri yo‘lga solib bo‘lmaydi. Faqat yaxshi tarbiya bolani yaxshi bo‘lishiga yordam beradi.

 Bolani urganda esa, bola kuchli bo‘lsa, u vahshiy bo‘lib katta bo‘ladi, agar bo‘shroq bo‘lsa, u holda alamli, uyatchan, o‘zini kamsitadigan inson bo‘lib yetishadi. 


Albatta shunday davr bo‘ladiki, bolani jazolashga to‘g‘ri keladi.
Lekin buning uchun urishdan boshqa ming xil boshqa yo‘llar mavjud. Ota-ona boshqa yo‘l izlashga sabri ham vaqti bo‘lmaydi, shunga osongina bolani urib tinchitib qo‘yadi. Onaning jismoniy kuchi mana shu 6-7 yoshli bolaga yetadi. Qizig‘i shundaki, ota-onaning kuchi odatda bir farzandiga yetadi. Ko‘pincha bu to‘ng‘ich farzandidir. Uni eng ko‘p urishadi, unga qo‘yilgan talab eng katta bo‘ladi, uni urish ham osonroq bo‘ladi.
O‘ylab ko‘rganmisiz hech, nega? «Meni ham ota-onam urgan, kam bo‘lmadim», deb o‘zingizni oqlamang. Shunday deya olayotganingiz ham sizni psixologik zaif inson bo‘lib katta bo‘lganingizdan dalolat bermoqda. Urmay tarbiyalashning iloji bor. Yoshligida jismoniy jazolanmagan minglab baxtli mehribon farzandlar mavjud.
Ular kelajakda ajoyib ota-ona bo‘ladilar. Tarbiya bera olmaslik bu boshqa, urmaslik bu boshqa. Birini-biri bilan adashtirmaslik lozim.

loading...
Комментарии (0)
Добавить комментарий
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Bolarda diatez
Bolarda diatez
Bolarda diatez
18.07.20 Ona va bola
Chet elda diatez - kasallik deb qabul qilinmaydi. Bizda esa deyarli har uchinchi bolaga shunday tashxis qo'yiladi. Nega unday? Aslida DIATEZ (grekcha "moyillik" so'zidan
Bolangiz uyqusi yaxshi emasmi?
Bolangiz uyqusi yaxshi emasmi?
Bolangiz uyqusi yaxshi emasmi?
11.10.19 Ona va bola
Bolangiz koʻp bezovtalanib  yegʻlaydimi? Uyqusi yaxshi emasmi? 6 oydan oshdi lekin hali dumalab, emaklashga harakat qilmaydimi? Balki unga D vitamini yetishmayotgandir?
Chaqaloqlar nima uchun yegʻlashadi?
Chaqaloqlar nima uchun yegʻlashadi? Farzand tugʻilgach ayol onalik baxtini his etadi Farzandi uchun hamma narsaga tayyor boʻladi. Kulsa kulib, yegʻlasa birga yegʻlaydi.
Bolalar tagligi foydalari va zararlari
Bolalar tagligi foydalari va zararlari
Bolalar tagligi foydalari va zararlari
16.06.19 Ona va bola / Foydali maslahatlar
Pamperslar paydo bo'lishi bilan yosh onalar hayoti ancha engillashdi desak xato qilmaymiz. Endi kuniga 10 marta bolaning tagini almashtirib, yuvishning hojati qolmaydi.
Internet Orqali Tanishgan Inson Bilan Turmush Qurush To’g’rimi?
Internet Orqali Tanishgan Inson Bilan Turmush Qurush To’g’rimi? Internet hayotimizni har nuqtasiga kirib bo’ldi. aqlli telefonlarimizda, kaompyuterlarimizda hatto qo’l
Yangi tug’ulgan chaqaloqlarni to’g’ri ozuqalanishi uchu mutahasis tavsiyalari
Miya tananing ona markazidir. Biz nmaga ishonsak uni yashaymiz. Miyamiz bu xil holatlarda unga ko’ra kimyoviy moddalar ishlab chiqaradi, va vujudham bunga ko’ra
loading...
лучший сайт где можно скачать шаблоны для dle 12.0 бесплатно