Bolangiz koʻp bezovtalanib  yegʻlaydimi? Uyqusi yaxshi emasmi? 6 oydan oshdi lekin hali dumalab, emaklashga harakat qilmaydimi? Balki unga D vitamini yetishmayotgandir?

Har bir oʻsayotgan organizm uchun vitamin D zarur vitaminlardan biri hisoblanadi. 
D vitamini organizmda kaltsiy va fosforni soʻrilishiga hizmat qiladi. Agar organizmda D vitamini yetishmasa bolada suyaklar mortlashishiga,  tishlarni kech chiqishi va erta yemirilishiga olib keladi. Agar D vitamini tanqisligi erta aniqlab, uni oldi olinmasa bolada rahit kasalligi yuzaga kelishi mumkin. 
Bolada D vitamini yetishmayotganini qanday aniqlsh mumkin?
Yuqorida aytilgandek bola koʻp bezovta boʻladi.
Yegʻloqi boʻlib qoladi.
Uyqusi buzuladi.
Yoshiga nisbatan harakatlari (masalan: dumalash, emaklash, oʻtirish) kechikadi.
Koʻp terlashi. Ayniqsa emayotganda va uhlagandabosh qismini terlashi. Shu darajaga yetadiki hatto yostiqlari hoʻl boʻlib ketishi mumkin.
Orqa sochlari toʻkiladi. Bizda bu holni buvilarimiz <hasp tushibdi> deyishadi.
Ensa qismi yapaloqlashishni boshlaydi. Koʻpchilik buni beshikda koʻp yotgandan deb  oʻylaydi.
Boladan achqimtir hid keladi.
Muskullar boʻshashi
Bukarning bari bolada  D vitamini yetishmasligi va rahitning  boshlanishi hisoblanadi.
Bundan tashqari D vitamini yetishmasligi bolada autoimmun kasalliklari, imunitetni tushib ketishi, infeksiyon kasalliklarga moyil boʻlib qolishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. 

 Nima qilish kerak?

Tabiiy yoʻl bilan organizmning D vitaminga boʻlgan ehtiyojini qondirish mumkinmi?
.
Albatta kasallikni davolagandan koʻra uni oldini olgan yaxshiroqdir.
Eng yaxshi D vitamini manbayi bu quyosh. Quyoshning ultrabinafsha nurlari terida D vitamini ishlab chiqaradi va yosh organizmni  toʻla taʼminlay oladi.
  Bola bilan koʻproq ochiq havoda sayr qilish kerak. Soat 11-13 gacha boʻlgan vaqt oraligʻidagi quyosh nurlari bola organizmi uchun juda foydalidir. Har qanday quyoshdan himoyalovchi kremlar va soyobonlarsiz bir kunda 30 minutlik quyosh nurlari ostida boʻlishlik bola uchun 1 kunlik D vitamini normasini bera oladi. Bunda bolaning ochiq turgan qoʻlchalari, yuzi, oyoqchalariga quyosh nurlari toʻgʻri tushishiga eʼtibor berish kerak.
Shuni inobatga olish kerakki: ifloslangan havo,  bulutli kun va nisbatan qora terili bolalarda D vitamini kamroq soʻriladi. Yana  bolani 4 kg vaznda ortiq tugʻulishi, birinchi 3 oylikda bola vaznini keskin ortishi D vitaminiga boʻlgan talabni  oshishiga olib keladi. 
Oziq ovqat mahsulotlarida D vitamini baliq va baliq mahsulotlarida boy boʻladi.
Baliq mahsulotlari bolaga 1 yoshdan keyin tavsiya etiladi. Ona suti va bolalar ozuqalarida esa D vitamini juda kam miqdorda boʻladi. Shuning uchun pediatr va nevropatologlar sogʻlom va vaqtida tugʻulgan chaqaloqlarga 15-20 kundan boshlab D vitamini berushni boshlashni buyuradilar. Oʻlkamiz quyoshli boʻlgani uchun yoz oylarida bolaning ahvolidan kelib chiqib D vitamini berish toʻxtatiladi. 
‼️Albatta bu paytda bolani sayrga olib chiqishga eʼtibor qaratiladi. 
Bola 3 yosh boʻlgunga qadar D vitamini berish tavsiya etiladi.