Miya tananing ona markazidir. Biz nmaga ishonsak uni yashaymiz. Miyamiz bu xil holatlarda unga ko’ra kimyoviy moddalar ishlab chiqaradi, va vujudham bunga ko’ra natijalar ko’rsatadi.

Bu sababdan onalar bolalarini emizyotgan vaqtida sutlarini yetarli ekanigi ishonishligi kerak va hech qachon sutim kelmayapdi degan havotirda bo’lishligi kerak emas. Onalar bu holatda sutlarini yetarli ekaniga qanchalik ishonsalar, bolalarigaham ozuqa shu qadar yetarli bo’ladi.  Onalar esa bu ishonch hissini avvalo farzandlarida so’ngra o’zlarida ko’ra olishligi kerak bo’ladi. Demak onalar avvalo ruhan o’ziga ishon bilan chaqaloqlarini emizishligi birinchi qoidamiz bo’ladi, mavzuni davomida mutahasislar tarafida tavsiya berilgan, yangi tug’ulgan chaqaloqlarning qanday qilib to’g’ri ozuqalanishi haqida o’rganib olamiz.

Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning to’g’ri ozuqalanishi qanda bo’ladi?

Chaqaloq tug’ilgandan keyin yarim soat yoki eng kech bir soat ichida bolani emizishligi lozim. Buni sababi esa bola tugilgandan keyin eng uzog’I bir soat ichida uyqu holatiga o’tadi. Bu holatda yangi tug’ilgan chaqaloqni uyqusidan uyg’otishlik qiyin ish, bu sababdan bolangizni darhol uhamasdan oldin emizishligingiz kerak bo’ladi. Bolalarni tug’ilgandan keyin ozuqalanishi 2-3 soat orasida bo’lishligi kerak. Agar bola uyqusu 4 soatdan o’tib ketayotgan bo’lsa, u holda bolani uygotishingiz va emizishligingiz kerak bo’ladi. Bolangiz sizning bu bajarayotgan jarayoningizni borgan sari odat holatiga aylantiradi va oziga ochlik hissini bildirganingizdan keyin o’rtacha uch haftadan keyin o’zi ochligini sezgan holda uyqusiodan uyg’onib sut hohlayotganini sizga bildiradi. 

Sutim yetmayapti qo’shimcha ozuqa bersam bo’ladimi?

Bu muammo hozirgi kunimizda hamma onalardaham uchramoqda. “Sutim yetmayapti qo’shimcha ozuqa bersam bo’ladimi? “ savoliga javoban, bolangizni to’g’ri holatda emizayotgan bo’lsangiz sut kelmay qolishi imkonsiz holat. Faqatgina tug’gandan keyin havotirda bo’layotgan onalar  qo’shimcha ozuqa programasini qilib olishi mumkun, faqat har doim aytib o’tganimizdek birinchi 6 oyda bola ucchun ona sutidan boshqa bir ozuqa bo’lmasligi, bolangizni ham suyaklari, hamda vujuda va miya sog’ligi uchun judaham muhumdir.