Nima uchun tongda limonli iliq suv ichish kerak?
17.05.2020 632 0 Abuaisha

Nima uchun tongda limonli iliq suv ichish kerak?

Salomatlik / Guzallik / Foydali maslahatlar

В закладки
Kunni bir chashka qahva ichish bilan boshlaysizmi? Yoki qaynoqqina choydan bahra olishni afzal bilasizmi? Sizga bu ichimliklardan voz kechib, limonli iliq suv ichishni maslahat beramiz. Nima uchun deysizmi? Quyidagi buning to’rt sababi keltirilgan.

Har bir inson xastalikka chalinsa, davolanish uchun “sehrli tabletka“ yordami yoki fantastik meditsina texnologiyasiga ishonadi. Biroq kasallikka chalinishdan avval dorilardanda ajoyib xususiyatlarga ega oddiy va foydali vositalardan foydalanishni yoddan chiqaradi yoki istamaydi.

Iliq suvga limon solib ichish kundalik detoksikatsiya mexanizmini tetiklashtiradi. Limon sharbati toksinlar bilan kurashishga yordam beradi, suv esa bu toksinlarni siydik tizimi orqali yuvib chiqaradi. Bundan tashqari, limonli suv moddalar almashinuvi yaxshilanishi, immun tizimi mustahkamlanishi va kislota-ishqor muvozanati normallashishi uchun yordam beradi.

Bu ichimlik oshqozon tizimini “uyg’otib“, taomlar yeyishga tayyorlaydi. Bor yo’g’i bir stakan limonli iliq suv kun davomida oziq moddalarining so’rilishini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Limon kislotasi me’da shirasining sekretsiyasini oshiradi, shuningdek,  moddalar almashinuvini yaxshilaydi.

Vazn yo’qolishiga ham sabab bo’ladi. Limon sharbatida pektin moddasi bo’lib, u to’qlik hissini oshirishga va ishtahaning yo’qolishiga olib keladi. Ta’sirni kuchaytirish uchun bir necha limon bo’laklarini oling va po’sti bilan birga stakanda bo’tqa holiga kelguncha ezing.

Bu bo’kish va oshqozon faoliyatining buzilishi alomatlarini bartaraf qiladi.

Agarda siz kechki payt me’yoridan ortiq ovqatlanib yuborsangiz, tongda oshqozonda og’irlik hissi, jig’ildon qaynashi va boshqa noxushliklarni his qilgan holda uyg’onasiz. Bir stakan limonli iliq suv sizni bu ko’ngilsizliklardan xalos etishi mumkin. Po’stlog’ida sitrusli flavonoidlar mavjud bo’lgani uchun meva ko’plab fermentlar faolligini o’zgartirishga qodir va antibakterial ta’sirga ega, deb yozadi “Kun”.

Darvoqe, inson organizmida bu moddalar sintez qilinmaydi, ular faqat oziq-ovqat bilan birga tushadi.

Eslatma: limonli suv sitrus mevalarga allergiyasi bo’lmagan insonlarga tavsiya qilinadi. Shuning uchun shifokor bilan ham maslahatlashishni yoddan chiqarmaslik kerak.
loading...
Комментарии (0)
Добавить комментарий
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Har kuni bir piyola qatiq istemol qiling va natijasini ko'ring
Har kuni bir piyola qatiq ichishning 7 ta foydali jihati Qatiq – ichimliklar ichida eng foydalisi hisoblanadi. U organizmga ijobiy ta'sir qilish bilan birgalikda, turli
KOREYS HONIMLARINI YUZLARINING TINIQLIGI SIRLARI
KOREYS HONIMLARINI YOSH KO‘RINISHLARI VA YUZLARINING TINIQLIGI SIRLARI NIMADA?! 6 Ta Uy Sharoitida Tayyorlanadigan, Eng arzon va har bir honadonda topiladigan
Choyning sochga foydalari
Choyning sochga foydalari
Choyning sochga foydalari
30.11.18 Guzallik
Аyol sohibjamol xilqat. Mana shu sohibjamollik uning har bir a'zosida, har bir harakatida, gap so’zida mujassam. Sochlar ham ayol go’zalligining ajralmas qismi. Biroq
Sochlardagi qazg'oqlar ortiq muammo emas
Soch parvarishi alohida e'tibor talab qilishini yaxshi bilasiz. Sochlar qalin va jilokor bo’lishi uchun ma'lum retseptlarga ham egasiz. Biroq, soch parvarishida shunday
Tana go'zalligi sababi boladigan mahsulotlar
Agarda siz sog'lom yuz ko'rinishiga, chiroyli tirnoqlar hamda uzun, yaltiroq sochlarga ega bo'lishni istasangiz, turli dori va kosmetikaga hojat yo'q. Har bir xonadonda
Sedana hususiyatlai va foydalari
Sedana hususiyatlai va foydalari
Sedana hususiyatlai va foydalari
30.10.18 Asosiy / Salomatlik
Sedana ingichka va qovoq urug’iga o’xshagan qurtlarni o’ldiradi, uni asal bilan isteьmol qilinsa, buyrak toshini tushiradi. 1 choy qoshiqdan kapalans, isitmani tushiradi.
loading...
лучший сайт где можно скачать шаблоны для dle 12.0 бесплатно