Kerakli masalliqlar:

1. Mol oyog’i – 2 dona.
2. Mol go’shti (qo’l qismi) – 500-700 gr.
3. Sarimsoqpiyoz – 2 bosh
4. Lavr yaprog’i – 4-5 dona
5. Murch – 0,5 osh qoshiq
6. Tuz

Tayyorlanishi:

Mol oyog’i suvda suyagidan ajralgunicha qaynatiladi. So’ng, suvdan olib, suyagidan ajratib, to’g’rab, qayta solinadi. Ustiga go’sht mayda to’g’ralib solinadi. Go’sht pishgach, tuz va ziravorlar, to’g’ralgan sarimsoqpiyoz solib, yana 5-10 daqiqa qaynatiladi. 
So’ng, shakl berish uchun idishlarga quyilib, sovutiladi.
Eslatma: Bezak uchun piyola tubiga qaynatilgan tuxumdan, anor donachalaridan foydalanish mumkin. Shakl berish uchun baklajkani tubini kesib ishlatish mumkin. Yodingizda bulsin, baklajka erib ketmasligi uchun xolodets biroz sovigan bo’lishi lozim.