Zarur masalliqlar:

Un 100 gr,
Shakar 100 gr,
kokos qirindisi 200 gr,
tuxum2 dona,
xamir yumshatgich 1 choy qoshiq .

Tayorlanishi:

Shakarni tuxum bilan ozgina ko’pirtirib olib, kokos qirindisini soling. So’ng un va xamir yumshatgichni qo’shib yana aralashtiring. Tayyor xamirni muzlatkichga yarim soatga qo’yib oling. Qo’llarni xo’llab, pechenьelar yasangda 180 darajada qizib turgan gaz pechiga 15 daqiqaga qo’yib oling.