Kerakli masalliqlar:

1. Margarin – 500 gr.
2. Un – keragicha
3. Sut – 1 stakan
4. Аchitqi (drojji) – 1 pachka
5. Qand upasi

Tayyorlanishi:

Margarin 4 stakan un bilan uqalanadi. Ustiga achitqi solinib, aralashtiriladi. So’ng, sut solinib, yumshoq xamir qoriladi. Tayyor xamir 1 soatga muzlatkichga qo’yiladi. Xamir 1 sm qalinlikda yoyilib, shakl beriladi.
Duxovka listida 5-10 daqiqa dam berilib, yana ozgina oshiriladi. So’ng, qizigan duxovkada o’rta olovda 25-30 daqiqa davomida pishiriladi. Issiqligida qand upasiga bulg’ab olinadi.

Yoqimli ishtaha!