
Kerakli masalliqlar:
1. Un – 2 stakan
2. Tuxum – 8 dona
3. Shakar – 1,5 stakan
Krem uchun
1. Qaymoq – 700 gr.
2. Quyultirilgan sut (sguщenka) – 200 gr.
Tayyorlanishi:
Tuxumlar sarig’idan ajratilib, oqi qattiq bo’lgunicha ko’pirtiriladi.
So’ng, oz-ozdan shakar solinib, ko’pirtirishda davom ettiriladi. Qattiq bo’lganidan so’ng, bitta-bittadan tuxum sarig’lari va un solinib, aralashtiriladi.
Аralashma listga tekis qilib yoyilib, sovigan duxovkada pishiriladi.
Pishganidan so’ng, issiqligida nam sochiqqa rulet qilib o’rab, sovutiladi.
Ichidagi nachinkasiga, muzlatilgan malinaga shakar aralashtirib, surtiladi (suvini biroz silqitib). So’ng, muzlatkichga 1 soatga qo’yiladi.
Keyin kichkina parrak qilib kesiladi va dumaloq idishga terib, krem surtib taxlanadi. Yakunida, idish ustga lagan yopib, to’mpariladi va yana muzlatkichga qo’yiladi.
Muzlatkichdan olinib, idish asta ko’tarilib olinadi va dasturxonga tortiladi.
Eslatma: rulet ichiga hohlagan nachinka surtishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!