
kerakli masalliqlar:
1. Go’sht (mol, qo’y) – 0,5 kg.
2. Piyoz – 2 dona
3. Kartoshka – 3 dona
4. Qizil sabzi – 1 dona
5. Qizil va yashil bulg’or qalampiri – 1 donadan
6. Sarimsoq piyoz – 4-5 bo’lakcha
7. Pomidor qaylasi – 2 osh qoshiq
8. Yog’ – 100 gr.
9. Ziravorla

Hamir uchu masalliqlar:
1. Un 1-1,5 kg,
2. Tuxum 2 dona.
3. Nomokob suv – 1 kosa.

Tayorlash:
1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi va 2 ta tuxum qo’shib, xamir qoriladi. Xamir yaxshilab mushtlanib, tindirib qo’yiladi.
Xamir tingunicha, qaylani tayerlaymiz. Hamma masalliqlarni to’rtburchak qilib to’g’raymiz.
Qozondagi qizigan yog’ga oldin piyozni solib, novvot rang tus olgunicha qovuramiz. So’ng, go’shtni solib, qovurishda davom etamiz. Keyin pomidor qaylasi. So’ngra, kartoshka, sabzi, bulg’or qalampirlari, sarimsoq piyoz bo’lakchalari ketma-ket solinib, masalliqlar chiroyli qizil tus olgunicha qovuramiz. Ta’bga ko’ra, sarimsoq piyoz (yashil) va selderey solish mumkin. Biroz tuz solib, qozonga suv quyamiz. Suv xajmi qozonga solingan masalliqlarni ko’mishi kerak. Suv qaynab chiqqanidan so’ng, qayla o’rtacha olovda 15-20 daqiqa qaynatiladi. Ungacha, tingan xamirimiz yupqa, bir tekisda qilib yoyiladi. Xamir qalinligi chuchvara xamiri qalinligidek (2-3 mm) bo’ladi. Yoyilgan xamir, 8 ga 8 to’rtburchak qilib kesiladi. Xamir bo’lakchalari alohida suvda pishiriladi.